7,000 mAs akkumulyatorli smartfon taqdim etildi

7,000 mAs akkumulyatorli smartfon taqdim etildi

Tecno kompaniyasi katta hajmli va o‘yin o‘ynashga iqtisoslashgan byudjet sinfidagi Pova 3 modelini taqdim etdi. Qurilma Helio G88 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u qo‘shimcha tezkor xotira funksiyasiga ega. 

Gadjet allaqachon Amazon onlayn do‘konida sotuvga chiqqan. Pova 3 smartfoni 90 gerts chastotada ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.9 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan. Displeyning yuqori qismida yumaloq tirqishli 8MP selfi kamera joylashgan. Qorong‘u paytda yaxshiroq selfi suratlarni olish uchun old panelning yuqori ramkasiga ikkitalik LED chirog‘i o‘rnatilgan. 

Orqa paneldan uchta: 50MP asosiy va ikkita qo‘shimcha kameralar hamda LED chirog‘i o‘rin olgan. Smartfon 33 vattda quvvat oluvchi 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Shuningdek, u o‘zidan 10 vatt tezlikda boshqa qurilmalarga quvvat berishi mumkin. Tecno kompaniyasi smartfonni qizib ketishini oldini olish uchun uning ichiga sovutish tizimini o‘rnatdi. 

Qurilma HiOS 8.6 grafik qobig‘ida ishlaydi. Amazon'ning ta’kidlashicha, ushbu qobiq Android 12 operatsion tizimiga asoslangan. 

Tecno Pova 3 qora, kumush va ko‘k ranglarda taqdim etildi. Uning narxi (6/64GB) 145 dollardan boshlanadi. Kattaroq xotiraga ega versiyaning narxi esa 165 dollarni tashkil etdi.

O‘QING: Ommabop Redmi smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!