80 megapikselli surat oluvchi jahonning ilk smartfoni taqdim qilindi

80 megapikselli surat oluvchi jahonning ilk smartfoni taqdim qilindi

Xitoyning u qadar taniqli bo‘lmagan Koobee kompaniyasi o‘tgan haftada F1 nomli flagman smartfonini taqdim qildi. Bu devaysning o‘ziga xosligi — 80 megapikselli bosh kamerasi bo‘ldi.

Koobee F1'ning orqa panelidagi har biri 16 megapikselli 2 ta Sony IMX298 (Xiaomi Mi5, Huawei Mate 8, OnePlus 3T flagmanlarida o‘rnatilgan) sensorlari birgalikda olgan surat omixtalashib, 80 megapikselli tasvirni hosil qiladi.

Gap shundaki, fotosuratlarni qayta ishlash bo‘yicha dasturlar tayyorlaydigan AQSh ning yetakchi ArcSoft kompaniyasi Koobee F1 kamerasi uchun maxsus innovatsion dastur ishlab chiqargan. Devaysdagi old kamera sig‘imi ham 16 Mp. Hozircha kamerada olingan ilk suratlar e’lon qilinmagan. Biz aniqlashimiz bilan kamera imkoniyatlarini siz bilan o‘rtoqlashamiz.

O‘qingApple iPhone X olgan ilk suratlarni e’lon qildi

Koobee F1'ning platforma samaradorligiga mas’ul chip va texnik imkoniyatlar esa "bayroqdor" emas, standart: 64 bitli, chastota tezligi 1,5 GGs bo‘lgan MediaTek MT6750 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira, Android 6.0 Marshmallow'ning o‘zlashtirilgan talqini hamda kuch-quvvatga mas’ul va tezkor quvvat oluvchi 3000 mA soat sig‘imli akkumulyator.

5,7 dyuymli displeyning piksel sig‘imi 1440 ga 720, ya’ni HD. Tomonlar nisbati 18:9 standartli bo‘lgan ekran atrofi yupqa romlar bilan o‘ralgan.

Telefon ko‘k, tilla rang va qora rangli korupslarda ishlab chiqariladi. Smartfon o‘lchamlari: 153,3x71,5x7,9 mm, vazni – 172 gramm.

Koobee F1 uchun kompaniya 270 dollar so‘ramoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!