87 yoshli kampirni Instagram'da 160 ming kuzatuvchisi bor, sizda-chi?

87 yoshli kampirni Instagram'da 160 ming kuzatuvchisi bor, sizda-chi?

87 yoshli onaxon Paint dasturida chizgan suratlari bilan jahonni hayratga solmoqda.

Biz odatda 80 dan oshgan onaxonlarni nevaralar davrasida duoga qo‘l ochgan yoki do‘st-dugonalari bilan suhbatlashib o‘tirgan holatda tasavvur qilamiz. Biroq Koncha Garsiya Zayera (Concha García Zaera) ismli qiziquvchan onaxonning xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha yuz minglik muxlislari sonini oshib borishiga sababchi bo‘lmoqda. Boisi, 87 yoshli Garsiya Zayera Paint dasturidan foydalanib aqlbovar qilmas suratlar chizmoqda.

Garsiya Zayera Microsoft Windows tizimidagi oddiy grafik-tasvir ilovasidan bundan 12 yil muqaddam foydalanishni boshlagan. O‘shanda kasalmand turmush o‘rtog‘iga g‘amxo‘rlik qilgan onaxon uyidan chiqmagan va bo‘sh vaqtini kompyuterda elektron surat chizish mashqlari uchun sarf qilgan. Uning farzandlari va nevaralari onaxondagi bu qiziqishni hurmat qilib, yanada yaxshi kompyuter va surat chizishga mo‘ljallangan dasturlar sovg‘a qilishgan.

Rassomning fikrlariga ko‘ra, surat chizish unga keksalik tashvishlaridan xalos bo‘lishiga yordam beradi. U bir suratni chizish uchun 2 hafta vaqt sarf qiladi. Asosan suratlarga detallarni qo‘shish ko‘p vaqtni oladi.

Ijodkor onaxon mart oyida Instagram tarmog‘ida o‘zining sahifasini ochgach, 9 martda uning kuzatuvchilari 300 nafarga, oyning oxirida esa 160 ming nafardan oshib ketgan. Ammo uning o‘zi suratlari odamlarni nimasi bilan qiziqtirishini bilmaydi. «Men juda sodda suratlarni chizaman», — deydi Garsiya Zayera.

Koncha Garsiya Zayera (Concha García Zaera) kompyuterda chizgan suratlarga o‘zingiz baho bering:

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!