888 dollar: qadim brendning yangi flagmani shunchaga baholanadi

888 dollar: qadim brendning yangi flagmani shunchaga baholanadi

HMD bu yil ancha mehnat qildi. Ayniqsa, shu yilning 16 avgustida taqdim qilingan Nokia 8 ancha tillarga tushdi. Kompaniya o‘zining eng kuchli flagmani -- Nokia 9'ni 2018 yilda taqdim etishga qaror qildi. 2018 yil yanvarida finlyandiyalik kompaniya Nokia 2, 7 va 9'ni ishlab chiqara boshlaydi.

Render suratlarga ko‘ra, Nokia 9 romsiz ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, korpusda audio quloqchin tuynugi ham bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, flagman renderi taqdim qilinadigan asl talqin bilan bir xil.

Yana bir o‘ziga xos jihati Nokia 9'da Qualcomm Snapdragon 835 flagman protsessor va 8 Gbayt.gacha operativ xotira bo‘ladi. Nokia 9'ga quloqchinni USB Type-C orqali ulash mumkin.

Nokia 9 flagmani 5,5 dyuymli, Quad HD sig‘imli va OLED-matritsali, qayrilma displeyga hamda barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi. Shuningdek, orqa panelda skaner bilan birga, o‘ta nafis gardishli va qo‘sh sensorli bosh kamera modullarini ham ko‘rish mumkin.

Aftidan, smartfon 140.9x72.9x7.5 mm o‘lchamda bo‘ladi. Uning Android Oreo boshqaruvida ishlashi kutilmoqda.

Nokia 9 Yevropada 888 AQSh dollaridan sotiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!