90 dollarlik smartfon buyurtmachisi qadoqni ochib, ko‘zlariga ishonmadi

90 dollarlik smartfon buyurtmachisi qadoqni ochib, ko‘zlariga ishonmadi

Hindistonning Ahmadobod shahrida istiqomat qiluvchi Vipul Rabari Amazon onlayn do‘konidan Oppo’ning 90 dollarlik NEO 5 smartfonini xarid qiladi. Oradan bir necha kun o‘tib esa, buyurtma yetib keladi.

Buyurtma qadog‘ini ochgan xaridor ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uning ichida Xitoy smartfoni emas, naq Apple’ning iPhone modelidagi mobil aloqa vositasi turar edi.

Uni olib kelgan pochtalon esa, Oppo NEO 5 devaysi buyurtma qilingan bo‘lsa ham, xaridorga bu masalani mijozlar bo‘limi bilan hal qilish kerakligini aytib, Vipul sohibni hujjatlarga qo‘l qo‘yishga majbur qiladi.

Ayfondan ko‘ra, xitoylik smartfonni ma’qul ko‘rgan “jabrlanuvchi” Amazon’ga murojaat qilganida, onlayn do‘kon bu “xato”ni o‘z zimmasiga olmadi va voqeada sotuvchini ayblamoqda. Ikki o‘rtada esa ayfonni yoqtirmaydigan Vipul Rabari sarson.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!