ABBYY kitob va hujjatlarni skanerlaydigan ilova chiqardi

ABBYY kitob va hujjatlarni skanerlaydigan ilova chiqardi

Smartfon kamerasi orqali turli fayllarni skanerlash yangi funksiya emas. Ushbu amalga mo‘ljallangan ba’zi ilovalardan, ba’zida, foydalanish ancha noqulay. Biroq o‘zining elektron lug‘atlari va dasturlari bilan yaxshi tanilgan ABBYY kompaniyasi bu borada barchaning tasavvurini o‘zgartirmoqchi. Firma shu maqsadda bosma matnni skanerlashga mo‘ljallangan BookScanner Pro nomli ilovani yaratdi. Mazkur ilova yordamida kitob sahifalarini skanerlash, elektron nusxalar yaratish hamda matndagi belgilarni aniqlash uchun optik skaner texnologiyasidan foydalanish mumkin.

BookScanner ilovasida ABBYY kompaniyasi tomonidan patentlangan BookScan va ABBYY Mobile OCR Engine texnologiyalari qo‘llanadi.  BookScan texnologiyasi kitob sahifalarini skanerlash, suratlarni alohida betlarga ajratish hamda qiya hoshiya, optik xiralik va keraksiz nurlarni bartaraf etishga yordam beradi. Mobile OCR Engine jsa 190 tildagi matnlarni aniqlash imkoniyatini taqdim etadi.

Hozircha BookScanner Pro ilovasining faqat iOS versiyasi mavjud, uni 19,99 dollarga xarid qilish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!