Abituriyentlarga IELTS IDP imtihonlarini topshirish imkoniyati beriladi

Abituriyentlarga IELTS IDP imtihonlarini topshirish imkoniyati beriladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Edu-Action” kompaniyasi abituriyentlarga IELTS IDP imtihonlarini topshirish imkoniyatini yaratmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universiteti, “Edu-Action” hamda “IDP Australia” o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi.

Hujjat doirasida, IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar, 2018 yilning 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan IELTS IDP maxsus imtihonlarida qatnashishlari mumkin. Imtihonlarga www.exams.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 

Barcha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mahorat darsi hamda vebenarda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Inha universitetiga o‘qishga kirish uchun  abituriyentlarda albatta IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati  bo‘lishi kerak. Sertifikatsiz ular kirish imtihonlariga kiritilmaydilar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!