Acer Iconia Talk S: ham smartfon, ham planshet

Acer Iconia Talk S: ham smartfon, ham planshet

Tayvanning Acer kompaniyasi sentyabr oyida o‘tkazilgan IFA 2016 ko‘rgazmasida ixcham gibrid – Acer Iconia Talk S modelini namoyish qilgan edi. Qurilma 7 dyuymli ekran bilan jihozlangan, aslida uni planshet deb atasa ham bo‘ladi, biroq u smartfonga xos ixcham ko‘rinishga ega.

Gibrid smartfon ikkita SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi, LTE moduli bilan ta’minlangan, undan qo‘ng‘iroqlarni ham amalga oshirish mumkin. Acer Iconia Talk S modeliga HD formatidagi ekran, 2 MPli old va 13 MPli asosiy kamera o‘rnatilgan.

487869

Gadjet to‘rt yadroli MediaTek MT8735 protsessorida ishlaydi, operativ LPDDR3 xotirasining hajmi 2 GB. Garchi doimiy xotira 32 GB bo‘lsa-da, microSD orqali uni 128 GBgacha kengaytirish imkoniyati mavjud. Avtonom ishlash vaqti 9 soatni tashkil qiladi. Batareyaning sig‘imi – 3 400 mA/soat.

Acer Iconia Talk S Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi.

Gibrid 11 990 rubl (deyarli 190 dollar) narxida Rossiyada sotuvga chiqarilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!