Acer noyob gibrid noutbuklarni taqdim qildi

Acer noyob gibrid noutbuklarni taqdim qildi

Acer kompaniyasi “2 tasi 1 da” tamoyiliga asoslangan Switch turkumi doirasida 2 ta yangi gibrid gadjetlarini taqdim qildi. Ulardan noutbuk yoki planshet sifatida foydalanish mumkin.

Switch 5 modeli 15 dyuymli sensor displeyga ega. Bu displeyning piksellar sig‘imi 2160×1440 belgiga teng. Unga maxsus Acer Active Stylus stilusi yordamida ham yozish mumkin. Acer Switch 5 7-avlodga mansub (Core i3-7100U, Core i5-7200U i Core i7-7500U) protsessorida ishlab chiqarilmoqda. Mazkur yangi qurilmalarning o‘ziga xos jihati — Liquid Loop, ya’ni suyuqlik yordamida sovutish tizimining mavjudligidir.

Buning uchun qurilmaga ventilyator o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zidan shovqin chiqarmaydi. Shuningdek, yoqib-o‘chirish tugmasiga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneri Windows Hello funksiyasi bilan bog‘langan. Ya’ni, uning yordamida qurilmani shu skaner yordamida razblokirovkadan chiqarish mumkin.

Planshet o‘lchamlari: 292,9 x 201,8 x 15,95 mm va klaviatura bilan birga 1,27 kg. Switch 5 klaviaturasiz 920 gramm tosh bosadi. Uning korpus qalinligi 9,6 mm.

Switch 3 modeli esa 12,2 dyuymli sensor displeyga ega. Unda piksellar sig‘imi 1920×1200 belgiga teng bo‘lgan matritsadan foydalanilgan. Gadjetda 5-avlod Core i5 protsessori o‘rnatilgan. Shuningdek, noutbukka qo‘shib raqamli Acer Pen perosi va U-shaklidagi podstavka qo‘shib beriladi. Foydalanuvchilar xohishlariga ko‘ra Intel Pentium yoki Celeron brendiga tegishli protsessorli talqindagi qurilmalarni tanlashlari mumkin. Bu qurilma faqatgina ventilyatorli sovutish tizimiga ega.

Har ikkala devayslar ajraladigan klaviaturalar bilan ta’minlangan. Switch 5 klaviaturasida klavish-osti chirog‘i mavjud. Shuningdek, ushbu modelning old paneli kameraga, korpusda USB Type-C hamda USB Type-A portlariga ega.

Acer Switch 5 hamda Switch 3 gibrid qurilmalari €1099 hamda €499 yevro bahosida sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!