Acer Swift 3 va Swift 7 noutbuklari sotuvga chiqarildi

Acer Swift 3 va Swift 7 noutbuklari sotuvga chiqarildi

Shu yilning sentyabr oyi avvalida Berlinda o‘tkazilgan IFA – 2016 ko‘rgazmasida Acer kompaniyasi Acer Swift 3 va Swift 7 noutbuklarini namoyish qilgan edi. Oradan qariyb bir yarim oy o‘tgach ushbu noutbuklarning xalqaro savdolari boshlandi.

Acer Swift 3 modeli 14 dyuymli Full HD ekran, 8 GBgacha tezkor xotira va 256 GB SSD bilan jihozlangan. U oltinchi avloddagi Intel Core i5 Skylake protsessorida ishlaydi. Gadjet Microsoft Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan. Narxi 650 dollarni tashkil qiladi.e

485181

Acer Swift 7 noutbuki esa yettinchi avlod Intel Core i5 Kaby Lake protsessori yordamida faoliyat yuritadi. Korpusining qalinligi – 10 mm, og‘irligi – 1,4 kilogramm. Unga 13,3 dyuymli Full HD aniqligidagi ekran, 8 GBgacha tezkor va 256 GB SSD o‘rnatiladi. Qurilma batareyasi undan 9 soat davomida foydalanishga kifoya qiladi. Har ikkala modelda 3.1 versiyadagi USB-C portlari ko‘zda tutilgan. Acer Swift 7  noutbuki 1000 AQSh dollari narxida sotuvga chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!