Acer Switch 7 Black Edition — jahondagi ilk ventilyatorsiz gibrid planshet

Acer Switch 7 Black Edition — jahondagi ilk ventilyatorsiz gibrid planshet

Acer Switch 7 Black Edition — jahondagi ilk ventilyatorsiz gibrid va mustaqil videokartaga ega noutbuk.

Mustaqil (diskretnoy) videokarta uchun noutbukning "ona platasi"da alohida chip o‘rnatiladi va u alohida xotiraga ega bo‘ladi. Natijada, video-karta noutbukning bosh protsessoriga xalaqit qilmaydi va mustaqil ishlaydi. Bu esa gadjetning yuqori samaradorligiga xizmat qiladi.

Switch 7 Black Edition — Acer kompaniyasining eng kuchli mobil personal kompyuterlaridan biri, bo‘lsa ajab emas. Press-relizda yozilishicha, Switch 7 Black Edition «2 tasi 1da» tamoyilida ishlab chiqarilgan jahondagi ilk ventilyatorsiz noutbuk.

Acer tizimni salqinlatishda SO LiquidLoop suyuqligidan foydalanilganini ma’lum qilgan bo‘lsa ham, bu tizim haqida batafsil to‘xtalmagan.

Switch 7 Black Edition'da ko‘proq planshetga xos jihatlar mujassam. O‘ziga xos jihatlarga o‘tsak, Switch 7 Black Edition birinchilardan bo‘lib 8-avlod, 4 yadroli Intel Core i7 protsessoriga ega bo‘lgan. O‘yin o‘ynash uchun unda maxsus GeForce MX150 3D-kartasi o‘rnatilgan.  

Planshetning o‘zi 1,15 kg tosh bosadi. Apparat diagonali 13,5 dyuym, sig‘imi 2256 x 1504 pikselli IPS displeyga ega.  Shuningdek, gadjet stilus, barmoq izlari skaneri, AutoStand podstavkasi, 10 soatga yetadigan akkumulyator bilan ta’minlangan.

Switch 7 Black Edition shu yilning dekabridan 1700 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!