Adidas 3D-printerda chiqarilgan krossovkalarni namoyish qildi

Adidas 3D-printerda chiqarilgan krossovkalarni namoyish qildi

O‘tgan yili mashhur Adidas kompaniyasi poshna qismi 3D-printerda chiqarilgan krossovkalarni taqdim etgan edi. Joriy yilda o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida esa firma barcha medalistlarga sovg‘a sifatida ushbu krossovkalarni ulashdi.

Ushbu haftada kompaniya 3D-printerda bosilgan boshqa krossovkani sotuvga chiqaradi. 3D Runner deb nomlangan mazkur krossovkalar chegaralangan adadda tayyorlanadi va faqat dunyodagi 3 ta shaharda sotuvga chiqariladi, deb yozmoqda Gagadget nashri.

3D Runner poshnasi va orqa qismidagi ba’zi komponentlar 3D-printer yordamida yaratilgan, krossovkaning ustki qismi esa firmaga tegishli Primeknit nomli havo yutadigan qora rangli matodan tayyorlanadi. Kelajakda Adidas shunga o‘xshash krossovkalar individual buyurtmalar asosida ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Buning uchun firma SpeedFactory deb ataladigan robotlashtirilgan fabrikaga ham ega.

Krossovka shu hafta oxirida Nyu-York, Tokio va London shaharlarida 333 dollar narxida sotuvga chiqadi.