Adobe ovoz bilan boshqariladigan tasvir muharririni yaratmoqda

Adobe ovoz bilan boshqariladigan tasvir muharririni yaratmoqda

Adobe kompaniyasi ovozli buyrulari orqali boshqariladigan grafik muharrir ishi ko‘rsatilgan videorolikni internet tarmog‘iga joyladi, deb yozmoqda The Verge nashri.

Ovozli yordamchi tasvirlarni kadrlash, aylantirish va bajarilgan amallarni bekor qilish uchun ishlatilgan. Eng qizig‘i shundaki, tizim “endi tasvirni qayta aylantir” singari tabiiy buyruqlarga ham javob qaytarmoqda.

Adobe mutaxassislarining fikricha, bu hali faqat boshlang‘ich nuqtadagi texnologiya. Shu bois ushbu yechim foydalanuvchilarga muayyan muddatdan keyin, texnologiya mukammal ishlangach, yetkaziladi.

Bunday innovatsiya, ayniqsa, dizaynerlar, reklama sohasi vakillari, qolaversa, tasvir va grafika bilan ishlaydigan barcha foydalanuvchilar uchun vaqtni tejashda hamda amallarni avtomatlashtirishda katta imkoniyat yaratishi turgan gap.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!