Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop

Adobe VoCo: ovozga mo‘ljallangan Photoshop

O‘tgan hafta Adobe kompaniyasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan Adobe MAX 2016 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 3D News nashrining ma’lum qilishicha, mazkur konferensiyada muayyan taqdimotlardan biri Project Voco nomli loyihaga bag‘ishlandi.

Taqdimot davomida kompaniya dasturchisi Zyu Djin yangi loyiha audio fayllarni qayta ishlashda ulkan imkoniyatlar taqdim etishini qayd qilib o‘tgan. Adove VoCo haqida qo‘shimcha tasavvur berish maqsadida dasturchi uni tasvirlarni tahrirlashga mo‘ljallangan Photoshop dasturiga qiyosladi. Shuningdek, dasturchi mazkur loyihadan foydalanish bag‘oyatda yengil bo‘lib, foydalanuvchidan ortiqcha bilimlarni talab qilmasligini ma’lum qilgan. Adove VoCo dasturi, birinchi navbatda, kiritilgan matnlarni ovozli formatga o‘girishga xizmat qiladi.

041116_AdobeVoCo

Bunday yechimli dastur podkast va audiokitoblar yaratuvchilari uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim qilib, ularning ishini yengillashtirishi mumkin. Ba’zi mutaxassislar halidan bu kabi dasturlar turli firibgarlarga ham qo‘l kelishini istisno etishmayapti. Axir, dastur yordamida istalgan ovozni tayyorlash mumkin bo‘larkan. Tafsilotlarni kutamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.