Afsonaviy Nokia 3 ta smartfon bilan bozorga qaytadi

Afsonaviy Nokia 3 ta smartfon bilan bozorga qaytadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nokia kompaniyasi 2016 yilning oxiriga qadar 3 ta yangi smartfon modelini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda Weibo xitoy xizmatiga asoslanib xabar tarqatdi Nokiapoweruser axborot portali.

3 smartfondan birinchisi

Weibo xitoy axborot xizmatida Nokia kompaniyasi rejalashtirgan uch smartfondan birinchisining fotolari e’lon qilindi. Gadjetning dizayni, jumladan, korpus shakli, plastik qoplamasi va quyi qismi iPhone 6s`ga o‘xshab ketadi.

Klaviatura borasida esa tabiiy savol tug‘iladi? Nokia gadjetning bu qismni sensordan qiladimi yoki an’anaviy tugma ko‘rinishida bo‘ladimi? Balki qurilmaga ikkovi ham joriy qilinar?! Vaqti kelsa, barchasi ma’lum bo‘ladi.

Taqdimot sanasi

Bir oz avval kompaniya ikki smartfon ishlab chiqarishi, ular 5 va 5,5 dyuym ekranga ega bo‘lishi,  Android tizimida ishlashi haqida ma’lumot berilgan.

2014 yilda esa Nokia mobil qurilmalar bozoriga qaytishi haqida rasman e’lon qilgandi. Biroq Microsoft bilan mavjud kelishuvga muvofiq, kompaniya 2016 yilning to‘rtinchi choragiga qadar mahsulot chiqara olmaydi. Xabaringiz bo‘lsa, Microsoft kompaniyasi Nokia`ning yig‘ish va xizmat ko‘rsatish  bo‘limini sotib olgan.