Afsonaviy brend birdaniga ikkita «qo‘shko‘z», romsiz smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1970
  •  02.08.2018 16:04

Afsonaviy brend birdaniga ikkita «qo‘shko‘z», romsiz smartfon taqdim etdi

BlackBerry kompaniyasi hindistonlik hamkori – Optiemus bilan birgalikda BlackBerry Evolve hamda Evolve X smartfonlarini rasman namoyish qildi. Har ikkala model hozirda urf bo‘lgan romsiz dizaynga, qo‘shaloq kameraga va sig‘imdor akkumulyatorga ega.

O‘QING: BlackBerry Ghost kuchli batareya bilan ta’minlandi

BlackBerry Evolve va Evolve X smartfonlarining ikkalasi ham tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatga ega bo‘lgan 5,99 dyuymlik, romsiz ekran bilan jihozlangan. Displeylarining aniqligi Full HD+ formatida (2160x1080 pikselli). Yana boshqa umumiy jihatlari: old kamerasi 16 megapikselli, doimiy xotirasi 64 gigabaytlik, orqa panelida daktiloskopik datchigi bor. Har ikkalasida 4000 mA/soatlik akkumulyator bo‘lib, tezkor va simsiz quvvatlash texnologiyalariga ega. Bu smartfonlar BlackBerry’ning DTEK grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Farqli jihatlariga keladigan bo‘lsak: BlackBerry Evolve asosiy kamerasi 13+13 megapikselli modullarga, 4 GB tezkor xotiraga va Qualcomm Snapdragon 450 protsessoriga ega. Evolve X modeliga esa 12+13 megapikselli modullarga ega bosh kamera, 6 gigabaytlik tezkor xotira hamda Snapdragon 660 chipi o‘rnatilgan.

Xabarga ko‘ra, BlackBerry Evolve smartfoni shu oyning o‘zidayoq taxminan 365 dollarlik narx bilan savdoga chiqariladi. BlackBerry Evolve X savdosi esa sentyabrda boshlanadi; unga taxminan 510 dollar narx belgilangan.

O‘QING: BlackBerry KEYone yaqinda Android Oreo bilan yangilanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!