Afsonaviy smartfonlar? iQOO 11 va 11 Pro taqdim qilindi!

Afsonaviy smartfonlar? iQOO 11 va 11 Pro taqdim qilindi!

Vivo kompaniyasining iQOO brendi o'zining yangi avlod flagmanlari: iQOO 11 va iQOO 11 Pro smartfonlarini taqdim qildi. Aytish kerakki, modellarning ikkalasi ham bir-biriga juda o'xshab ketadi. Masalan, ikkala modellar ham 6,78 dyuym o'lchamdagi 1440x3200 piksel rezolyutsiyali Samsung E6 AMOLED displeyiga ega. Uning maksimal yangilanish tezligi 144 gerts bo'lib, bu ajoyib natijaga smartfonlarga o'rnatilgan V2 chipi sabab bo'ladi yoxud u yuqori kadr tezligini qo'llab-quvvatlaydi va o'yin samaradorligini oshiradi. Agar smartfonlar ekran borasida farqqa ega bo'lsa, bu ularning yon tomonlari egilganligi darajasiga qarab bo'ladi: Pro model yon tomonlari egilgan ekranga ega bo'lsa, oddiy model ekrani shunchaki 2.5D dizaynga ega.

Kapot ostida ikkala modellar ham yangi chiqqan Snapdragon 8 Gen 2 chipida 8/12/16 GB operativ xotira bilan ishlaydi. Agar RAM yetmaydi desangiz, unda uni Extended RAM 3.0 texnologiyasi bilan yana 8 GB gacha kengaytirib olishingiz mumkin. Kameralarga kelgan kichik farqlarni ko'rish mumkin. Oddiy model 50 megapikselli Samsung GN5 asosiy, 13 megapikselli 3x "portret" va 8 megapikselli ultra-keng kameraga ega bo'lsa, Pro model 50 megapikselli Sony IMX866, 50MP ultra-keng va 13MP 3x "portret" kameralari bilan farq qiladi. Ular 4K formatida videoga olishni qo'llab-quvvatlaydi. iQOO 11 smartfonlarini batareyasiga qarab ham ajratib olish mumkin. iQOO 11 modeli 5,000 mA/s batareyasi 120 Vt tezlikda zaryadlansa, Pro modelning 4,700 mA/s batareyasi 200 Vt tezlikda quvvatlanadi.

Xitoyda iQOO 11 Pro uchun boshlang'ich 4999 yuan yoxud 8 million so'm atrofidagi narxda buyurtma berish allaqachon boshlangan. Oddiy model esa Indoneziya va Malayziya uchun taqdim qilingan bo'lib, uning narxi 6,100,000 so'mdan boshlanadi.

O'QING: Xiaomi 13 seriyasining taqdimot sanasi qayta belgilandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.