Agar Galaxy S23 shunday ko'rinishda bo'lganida, sizga yoqarmidi?

Agar Galaxy S23 shunday ko'rinishda bo'lganida, sizga yoqarmidi?

Uzunquloq xabarlariga ko'ra, Samsung'ning bo'lajak Galaxy S23 va S23+ smartfonlari Galaxy S22 Ultra'ga o'xshash dizaynda, kameralarni o'rab turadigan orolsiz chiqariladi. 4RMD taxallusli dizayner o'zining YouTube sahifasida ularning qanday ko'rinishi tasvirlangan sifatli renderlarni ulashdi.

Ehtimol, yangi dizayn minimalistlarga ko'proq yoqadi, chunki kamera orolisiz smartfonlar dizayni yanada sodda ko'rinadi. Old dizayn o'zgarmagan, lekin so'nggi mish-mishlarga ko'ra yangi avlod Galaxy S smartfonlari orasida Ultra model eng ingichka ramkaga ega bo'lishi mish-mish qilingan edi.

"Agar S23 shunday ko'rinishda bo'lganida, sizga yoqarmidi?", - deydi Ice Universe, taniqli insayderlarning biri.

Texnik xususiyatlar borasida Galaxy S23 modeli 6.1 dyuym, Galaxy S23+ esa 6.5 dyuymli ekranga ega bo'lishi mumkin. Smartfonlar kelasi yilning fevral oyi boshida Snapdragon 8 Gen 2 va Exynos 2300 chipsetli variantlarda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.