Aka-ukalik startapi: dunyoning eng yosh milliarderlari

Aka-ukalik startapi: dunyoning eng yosh milliarderlari

Dunyodagi eng yosh milliarderlar deya 2016 yil noyabridan buyon Stripe mobil to‘lov servisi asoschilari aka-uka Jon va Patrik Kollisonlar hisoblanadi, ular tegishli ravishda 26 va 28 yoshda. Moliyalashtirishning navbatdi davrasidan keyin investorlar kompaniyani 9,2 milliard dollarga baholadi, natijada aka-ukalarning Stripe kapitalidagi ulushlari 1,1 milliard dollarga (har birida) yetdi, deb yozadi Daryo.uz.

O‘z startapiga yosh irlandiyaliklar 2011 yilda asos solgan, o‘shanda Jon Garvard universitetidagi, Patrik esa Massachusets texnologiya institutidagi o‘qishini tashlagan edi. Ular iOS va Android’da ishlovchi mobil dasturlar, saytlarning mobil versiyalari bilan oson integratsiyalashadigan to‘lov tizimini yaratdi. Tezda Sequoia Capital, Andreessen Horowitz kabi mashhur venchur fondlar, shuningdek, PayPal asoschilari Piter Til, Maks Levchin, Ilon Mask loyihaga ishonch bildirdi. Bugungi kunda loyihaga kiritilgan venchur sarmoyalarining umumiy qiymati 440 million dollardan oshadi.

Endi Stripe BestBuy va Adidas kabi yirik sotuvchilar, Amerikaning ommabop taksi servislari, restorandan taom keltirib beruvchi servislari, kraudsorsing kurerlik xizmatlari bilan ishlaydi. Buning ustiga, Stripe Facebook ichidagi, KickStarter va IndieGogo kraudfanding platformalaridagi to‘lovlarni ta’minlaydi, Twitter’ga xaridlar bilan eksperimentlarni amalga oshirishda yordam beradi, Apple bilan esa ApplePay ishga tushgunicha ishlagan.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Stripe ichidagi tranzaksiyalar hajmi yiliga 20 milliard dollardan oshadi, daromad esa yiliga 450 million dollarni tashkil qilishi  mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!