AKSIYA DAVOM ETMOQDA: Qo‘sh kamerali MDC Grand Pro smartfonini atigi 470 ming so‘mga oling!

  •   DiMaX
  •  2407
  •  14.06.2019 15:22

AKSIYA DAVOM ETMOQDA: Qo‘sh kamerali MDC Grand Pro smartfonini atigi 470 ming so‘mga oling!

MDC kompaniyasi 2018 yilda taqdim etilgan ayrim modellari uchun katta chegirmalar e’lon qilgan. Xitoylik ushbu ishlab chiqaruvchining smartfonlari O‘zbekistonda ham bir yillik rasmiy kafolat bilan sotilib kelayotir.

O‘QING: Diqqat, MDC smartfonlarini 27% gacha chegirma bilan oling!

Mazkur modellar orasida qo‘sh kamerali va zamonaviy dizaynli MDC Grand Pro smartfonini 23 foizlik chegirma bilan, ya’ni 470 ming so‘mga Toshkentdagi elektronika bozorlaridan («Malika» va «Abu-Saxiy») xarid qilishingiz mumkin.

MDC Grand Pro smartfoni 5.5 dyuymlik, tomonlari 18:9 nisbatdagi displey bilan jihozlangan. Piksellar soni 1280x640 (250 ppi). Unga 4 yadroli, ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan MediaTek MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotira sig‘imi 1 gigabayt, doimiy xotirasi hajmi esa 8 gigabaytni tashkil etadi. Ichki xotirani microSD kartasi yordamida 64 gigabaytgacha kengaytirish imkoniyati mavjud.

Eng qizig‘i – hamyonbop bo‘lsa-da, ushbu smartfonda ikkita asosiy kamera ko‘zda tutilgan: 8 + 0.3 MP (boke effekti uchun). Old kameraning aniqligi esa 5 MP. Model Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi. Batareya sig‘imi 3000 mA/soat; korpusning orqa panelidan barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan. Ikkita SIM-kartani qo‘llab-quvvatlovchi bu qurilma 4G tarmog‘ida ham ishlay oladi.

MDC Grand Pro smartfoni O‘zbekiston bozori uchun oq va qora ranglarda taqdim etilgan.

O‘QING: Eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon – MDC Grand Pro qutisidan nimalar o‘rin olgan?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.