Akkumulyatorlar “jangi”: iPhone 7 Plus hamda Galaxy S8+

Akkumulyatorlar “jangi”: iPhone 7 Plus hamda Galaxy S8+

Ko‘pchilikning fikricha, 29 mart kuni taqdim qilingan Galaxy S8 hamda S8+ smartfon bozorining ayni paytdagi “qahramon”lari bo‘lmish iPhone 7 va iPhone 7 Plus bilan kuch sinashsalar, “jang” yanada qiziydi. Bu gal Phone Arena nashrining sinovlarida ular quvvatdorlik, ya’ni akkumulyatorlarining chidamliligi bo‘yicha kuch sinashdilar.

Ammo, kutilmagan natijalar ro‘y berdi. Galaxy S8+ sinov vaqtida to‘liq quvvat bilan 8 soat tinimsiz ishlagan bo‘lsa, 1960 mA soat quvvatli iPhone 7 devaysi 7 soatu 46 daqiqa faoliyat ko‘rsatgan. 2900 mA soat tok sig‘imiga ega iPhone 7 Plus esa eng yaxshi natijani ko‘rsatib, 9 soat 5 daqiqa davomida “yashash”uchun kurashgan. Sinov jarayonida barcha smartfonlar oldiga bir xil vazifa qo‘yilgan va ularning ekran yorug‘ligi ham bir xil darajada, ya’ni 200 nit bo‘lgan.

Samsung Galaxy S7 edge bilan solishtirib ko‘rganda, Galaxy S8’ning to‘liq quvvati 1 soat uzog‘roqqa yetadi. Vaholanki, ularning har ikkalasi ham 3500 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Galaxy S8’dagi texnik jarayoni 10 nanometr bo‘lgan protsessorning samaradorligi evaziga shunday bo‘ldi. Aytish kerakki, akkumulyatorining tok sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan Galaxy S8+ nisbatan ulkan, 6,2 dyuymli displey bilan ta’minlangani uchun ham iPhone 7 Plus’ga mag‘lub bo‘lgan.

Yuqoridagi jadvalda bir nechta Android-smartfonlarning, jumladan Google Pixel, OnePlus 3T hamda Huawei P10’ning to‘liq quvvat bilan necha soat ishlay olish vaqtlari keltirilgan. Ular orasida eng past ko‘rsatkich OnePlus 3T’ga tegishli bo‘lib, uning to‘liq quvvati 5 soat 41 daqiqaga yetgan.

Samsung taqdimot vaqtida Galaxy S8 batareyasi “ajdodi”nikiga nisbatan sekinroq ishdan chiqishini ma’lum qilgan edi. Xususan, Galaxy S7 va Galaxy S7 edge’dagi akkumulyatorlar har yili 20 foizgacha quvvatdorligini yo‘qotsa, Galaxy S8’da bu 5%ni tashkil qiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!