Akvalangist dron (Video)

Akvalangist dron (Video)

Shu oyning boshida Berlinda o‘tkazilgan IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida ixcham va pilotsiz CCROV nomli dron namoyish etildi. Ushbu dron yordamida 100 metrgacha bo‘lgan suv ostida 4K aniqligidagi videolarni suratga olish mumkin. Biroq dron boshqa turdoshlaridan farqli o‘laroq uchishni bilmaydi. Unga uchish kerak ham emas. Chunki dron, asosan, faol hordiq ixlosmandlari, akvalangistlar va suv osti dunyosiga qiziqadigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Dron maxsus distansion pult va tasvir ekraniga chiqariladigan planshet yordamida boshqariladi.

Dron kameradan tashqari yana 4 ta LED chiroqlar bilan jihozlangan. Qurilma yengil, biroq baquvvat materialdan ishlangan korpusga ega. CCROV, mualliflarning so‘zlariga qaraganda, 100 metrgacha bo‘lgan chuqurlikkacha tushishi mumkin ekan. Qurilmaning narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.