Alcatel Pixi 4 Plus Power – zaryadi 3 kunga yetadigan smartfon

Alcatel Pixi 4 Plus Power – zaryadi 3 kunga yetadigan smartfon

Alcatel Pixi seriyasidagi smartfonlar qatoriga yana bir kuchli batareyaga ega bo‘lgan qurilma qo‘shildi. Gap 5000 mA/st sig‘imli akkumulyator bilan quvvatlangan Pixi 4 Plus Power haqida ketmoqda.

Telefon Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Qurilmaga 4 yadroli protsessor o‘rnatilgan. Tezkor xotirasining hajmi – 1 GB.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon bir marta to‘liq zaryadlanib, uch kungacha ishlashi mumkin ekan. Akkumulyator tezkor zaryadlanish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda boshqa qurilmalarni quvvatlash funksiyasiga ega.

Pixi 4 Plus Power 5,5 dyuymli HD aniqligidagi IPS ekran, 8 GB doimiy xotira, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera bilan ta’minlangan.

Hozircha gadjetning sotuvga chiqish sanasi va narxi borasida ma’lumot berilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.