Alienware’ning yangi noutbuklarini nigoh bilan boshqarasiz!

  •   DiMaX
  •  978
  •  06.04.2018 19:12

Alienware’ning yangi noutbuklarini nigoh bilan boshqarasiz!

Intel kompaniyasining sakkizinchi avlod – Coffee Lake protsessorlari rasman taqdim etilishi bilanoq, mazkur chipset bazasida ishlovchi noutbuklar ham namoyish etildi. Endi ular safiga Alienware brendining ikkita laptopi ham qo‘shildi.

O‘QING: Intel'ning qudratli yangi olti yadroli protsessorlari qaysi noutbuklarga o‘rnatila boshlandi?

Alienware kompaniyasining yangi taqdim etilgan 15R4 hamda 17R5 modellari mazkur baquvvat protsessorga tayanishdan tashqari, boshqa jihatlari ham e’tiborga loyiq. Masalan, ular displeyining yangilanish chastotasi 120 gersgacha, videokartasi esa NVIDIA GeForce GTX 1080’gacha bo‘lgan versiyalarda taqdim etilgan.

Lekin bu ham hali hammasi emas. Alienware 17R5 noutbuki nigoh bilan boshqarish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.


Alienware 15R4 modelining ekrani diagonaliga 15,6 dyuymlik bo‘lib, ikki xil talqinda ishlab chiqariladi: biri yangilanish chastotasi 120 Gs.gacha bo‘lgan Full HD formatidagi, ikkinchisi esa NVIDIA G-Sync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi, 60 Gs chastotali Ultra HD formatli displeyga ega.

Ikkinchi noutbuk – Alienware 17R5 esa 17,3 dyuymli ekranga ega va u ham displey turiga ko‘ra bir necha talqinlarda chiqarilgan. Bular – Full HD (60 Gs), Quad HD (120 Gs) hamda NVIDIA G-Sync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi Ultra HD (60 Gs) formatidagi displeyga ega talqinlardir. Shuningdek, 17R5 modelli laptopning ayrim modellarida Tobii tizimi yordamida nigoh bilan boshqarish imkoni taqdim etilgan.

O‘QING: Acer Nitro 5 – olti yadroli Coffee Lake-H protsessoriga ega ilk o‘yinbop noutbuk takdim etildi

Har ikkala rusumdagi noutbuk ham 32 gigabaytgacha hajmli, DDR4-2666 turiga mansub tezkor xotira bilan ta’minlargan. Doimiy xotira sifatida ularga 1 terabaytgacha hajmli ikkita M.2 turli saqlagich o‘rnatilgan. Ularda grafik imkoniyatlar uchun AMD Radeon RX 570, NVIDIA GeForce GTX 1060 OC, GeForce GTX 1070 OC yoki GeForce GTX 1080 videokartalari mas’ul.

Shuningdek, yangi noutbuklardagi Killer Networks e2500 GbE hamda Killer 1550 802.11ac Dual Band / Bluetooth 5.0 kontrollerlari, Thunderbolt 3 interfeysi, USB 3.0, HDMI 2.0, Mini-DisplayPort 1.2 portlari hamda ichidan yoritiluvchi klaviaturalar ham e’tiborga loyiq.

Alienware 15R4 narxi 1400, Alienware 17R5 bahosi esa 1550 AQSh dollaridan boshlanadi.

O‘QING: Acer, Lenovo, HP, Dell va boshqa noutbuklarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 28 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.