Alisaning raqibi paydo bo‘ladi. Uning oti Marusya!

Alisaning raqibi paydo bo‘ladi. Uning oti Marusya!

Rossiyada eng mashhur onlayn-pochta xizmatiga va «VKontakte» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlariga ega bo‘lgan Mail.ru Group o‘zining ovozli qidiruv xizmatini ishlab chiqmoqda. Bu haqda «Vedomosti» ma’lum qildi. Xozirgi vaqtda Rossiyada Yandeks kompaniyasining xuddi shunday intellektual ovozli yordamchisi – «Alisa»dan keng ko‘lamda foydalanilmoqda.

Manbada Mail.ru Group’ning vitse-prezidenti Anna Artamonova kompaniyaning bunday loyihasi haqiqatan ham mavjudligini tasdiqlaganligi aytilmoqda. Ammo Mail.ru'ning ovozli yordamchisi «Marusya»  hali  yakuniga yetkazilmagan.  

Kompaniya «Marusya»ni barcha dasturiy mahsulotlariga qo‘shishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, kompaniyaga tegishli bo‘lmagan boshqa dasturiy vositalar ham «Marusya»ning “beminnat xizmati”dan foydalanishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

O‘QING: Tanishing: Alisa – Rossiyaning ilk intellektual ovozli yordamchisi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.