Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy  kutubxonasida Beeline Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Yirik aloqa operatori Beeline Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endilikda Beeline abonentlari tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi, deb xabar bermoqda Beeline.

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!