Alisher Usmonov «IKS Xolding» IT-kompaniyalar guruhini sotib oldi

  •   DiMaX
  •  1521
  •  30.04.2020 18:21

Alisher Usmonov «IKS Xolding» IT-kompaniyalar guruhini sotib oldi

Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov’ga qarashli USM xoldingi o‘zining sho‘’ba korxonasi – «YueSeM Telekom» orqali «IKS Xolding» IT-kompaniyalar guruhining 100% aksiyalarini xarid qilishga kelishib oldi. Kompaniyalar birgalikda yirik axborotlar (big data) hamda raqamli xizmatlar sohalarida yangi mahsulotlar ishlab chiqishmoqchi.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

USM xoldingi yangi aktivlar evaziga MDH va Sharqiy Yevropa hududidagi eng yirik IT-kompaniyaga aylanishni rejalashtirmoqda.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, «IKS Xolding» asoschisi Anton Cherepennikov «YueSeM Telekom» aksiyalarining 10% qismiga egalik qiladi, 80 foizi USM tasarrufida qoladi, yana 10 foizi esa USM bosh direktori Ivan Streshinskiy qo‘liga o‘tadi.

O‘QING: «Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

«IKS Xolding» allaqachon «MegaFon» uyali aloqa operatorining hamkori sifatida faoliyat yuritmoqda – unga billing texnologiyalarini, CRM-tizimlarni taqdim etadi va xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlaydi. Yangi shartnoma esa kompaniya texnologiyalarini operator infratuzilmasiga to‘liq tatbiq etishga ham yordam beradi.

Alisher Usmonov asos solgan USM xoldingi tarkibiga foydali qazilmalar qazib olish, AAKT hamda telekom sohalaridagi yirik kompaniyalar – «Metalloinvest», «Megafon» hamda «Baykalskaya gornaya kompaniya» kiradi. Shuningdek, mazkur xolding Mail.ru Group kompaniyasining aksiyalariga ham egalik qiladi.

«IKS Xolding» guruhi tarkibida esa «Sitadel», «Forpost» va «Kriptonit» kabi yirik IT-kompaniyalar mavjud. Ular axborot xavfsizligi, sun’iy idrok, investitsiyalar borasidagi ishlanmalar, shuningdek, yirik ishlab chiqarish tizimlarini raqamli shaklga o‘tkazish ishlari bilan shug‘ullanadi.

O‘QING: Alisher Usmonov kompaniyasi O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatorini sotib olyapti!