Aloqa operatorlari faoliyatidagi nuqsonlar tanqidiy tahlil qilindi

Aloqa operatorlari faoliyatidagi nuqsonlar tanqidiy tahlil qilindi

21 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yildagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sof.uz xabar qilmoqda.

Unda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning faoliyatidagi nuqsonlar, fuqaro murojaatlari asosida telekommunikatsiya xizmatlarini yaxshilamaslik holatlari tanqid qilindi. Ularga qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazlari faoliyatini yaxshilash, abonentlar murojaatlariga yuqori darajada yondashish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.

“O‘zbektelekom” AK rahbariyatiga hamda uning hududlardagi bo‘linmalari rahbarlariga aholi o‘rtasida sayyor yig‘ilishlar o‘tkazish orqali kompaniya abonentlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynayotgan masalalarni tezkor hal qilish, telekommunikatsiya tarmoqlarini istiqbolda rivojlantirish va sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ko‘rish vazifasi topshirildi.