Amazon dron yordamida birinchi buyurtmani xaridorga yetkazib berdi

Amazon dron yordamida birinchi buyurtmani xaridorga yetkazib berdi

AQShning Amazon onlayn-do‘koni buyurtmalarni birinchi marta dron yordamida egasiga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda IXBT nashri. Amazon buning uchun Prime Air dronlaridan foydalangan.

Kembrij shahridagi maxsus yetkazib berish markazidan osmonga ko‘tarilgan dron, 130 metr balandlikda parvoz qilib, xaridorning manzili tomon yo‘l olgan. Xaridor buyurtmani amalga oshirgach, 13 daqiqadan keyin mahsulotni qabul qilib olgan. Hozircha bunday xizmat faqat cheklangan miqdordagi xaridorlarga ko‘rsatilmoqda.

Amazon ayni vaqtda AQSh, AVstriya va Isroilda dronlardan foydalanadigan yetkazi berish markazlarini tashkil qilgan. Tez kunda bunday usul bilan buyurtmani xaridorga yetkazib berish yanada follashishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!