Amazon’ning naushniklari osudalikni eshittiradi

Amazon’ning naushniklari osudalikni eshittiradi

Shovqin ta’siridan himoya qiluvchi gadjetga ilk patent olingani haqida iyul oyida tarqalgan xabar ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.

Avgustning ilk kunlarida ushbu patentning Amazon’ga tegishli ekani, kompaniya qo‘sh quloqchinli shovqindan himoya qiladigan naushniklar ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foydalanuvchi uni taqishi bilan tashqi shovqindan himoyalanadi. Shuningdek, qurilma egasining ismini eshitishi bilan ham darrov faoliyatdan to‘xtaydi.

Mazkur audio quloqchinlar yon-atrofdagi shovqin chastotasiga zid ravishda ishlaydi va foydalanuvchi uchun sukutga cho‘mgan osudalikni yaratadi. Ayniqsa, samolyot, poyezdda yurganda bu kabi qurilmaga ehtiyoj tug‘iladi.
Foydalanuvchi mazkur qurilma faoliyatini maxsus tugmalar va kalit so‘zlar orqali ham nazorat qila oladi.
Hozircha loyiha sinov jarayonida, uning amalga oshish-oshmasligi qorong‘u.