Amerika xitoylik IT-gigantlardan biriga sanksiya qo‘lladi

Amerika xitoylik IT-gigantlardan biriga sanksiya qo‘lladi

AQSh Savdo departamenti qaroriga muvofiq, Xitoyning ZTE korporatsiyasi Qualcomm brendi ishlab chiqarayotgan protsessorlarni xarid qila olmaydi.

Hisobotda qayd etilishicha, jahonning muvaffaqiyatli axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan ZTE o‘zaro kelishuvlarni buzgani uchun jazolangan. Qualcomm endi 7 yil mobaynida bu korporatsiyaga protsessolarini sota olmaydi.

2017 yilda ZTE Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan mahsulot va texnologiyalarni noqonuniy ravishda Eronga yetkazib berganini tan olgan va buning uchun javobgarlikka tortilgan edi.

Agar masala yanada chuqurlashadigan va murosa qilinmaydigan bo‘lsa, ZTE korporatsiyasining smartfonlariga ham taqiq qo‘yiladi va bu oxir-oqibat juda katta zarar ko‘rishiga olib keladi.