Amerikalik olimlar birinchi marta elektron nurli protsessor yaratdi

Amerikalik olimlar birinchi marta elektron nurli protsessor yaratdi

Amerikalik fiziklar ilk marotaba elektron nurli texnologiya asosida gibrid protsessor ishlab chiqishdi. Informatsiya fotonlar yordamida qabul qilinadi va uzatiladi.

Mikrochipda 70 mlndan ortiq tranzistor mavjud bo‘lib, 850ta foton kanali axborot tashiydi. Mikrochip RISC-V arxitekturasi asosida yaratilgan. Dasturchilar unga FreeBSD va Linux operatsion tizimlarini moslashtirib bo‘ldi. Dasturiy ta’minot uchun muhit tayyor.

Mutaxassis fikriga ko‘ra axborot uzatilishida fotonlardan foydalanishning afzalligi shundaki, ma’lumotni 1 smga uzatishda ham, yuzlab km masofaga uzatishda ham bir xil energiya sarflanadi. Klassik elektr sxemalarida axborot uzatish kanalining belgilangan nuqtalarida signalni kuchaytirgichlar o‘rnatiladi, yangi texnologiyada esa bu kerak emas.

Foton va elektronlarni birlashtirishga kremniy va germaniydan foydalanish hisobiga erishildi. Yangi texnologiya qo‘llansa, protsessordan xotiraga axborot uzatish jarayonida energiya yo‘qotilishi keskin kamayadi. Axborot uzatish tezligi bir kanalda 2,4 Gb/s , 1 bit uzatilishiga 1,3pJ energiya sarflanadi

Olimlar kelajakda ma’lumotlar markazlarida mazkur texnologiya keng qo‘llanishiga ishonch bildirishyapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!