Amerikalik professor o‘zi fokuslanadigan ko‘zoynak yaratdi

Amerikalik professor o‘zi fokuslanadigan ko‘zoynak yaratdi

AQShning Yuta shtatidagi universitetlardan birida ishlaydigan eliik yoshli professor Karlos Mastranjelo foydalanuvchi nigoh tashlagan tomonga qarab fokusni o‘zgartira oladigan aqlli ko‘zoynakni yaratdi, deb xabar bermoqda Gagadget nashri.

Ko‘zoynak tarkibini glitseringa ega ikkita membrana tashkil etadi. Ko‘zoynak korpusiga joylangan infra qizil port orqali gadjet foydalanuvchi qarayotgan ob’yektgacha bo‘lgan masofani aniqlaydi va linzalarni zarur fokusga yo‘naltirish uchun o‘zgartiradi. Bu jarayon uchun taxminan 14 milisoniya talab etiladi, sozlangan batareya esa bir kunlik ishlash uchun yetadi.

Mazkur ko‘zoynakning prototipi CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi. Biroq birinchi avloddagi gadjet juda qo‘pol ko‘rinishga ega bo‘lgan. Professor tez orada ko‘zoynakning yanada baquvvat batareya bilan jihozlangan yangi versiyasini ishlab chiqmoqchi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!