Amerikalik “Spam qiroli” ozodlikdan mahrum qilindi

Amerikalik “Spam qiroli” ozodlikdan mahrum qilindi

2008-2009 yillar oralig‘ida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 27 million spam-xabar yuborgan amerikalik Senford Uolles 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

“Spam qiroli” nomini olgan xaker mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari akkauntlarini buzib, ularning do‘stlariga xabarlar yuborgan. Ayni paytda, ular tomonidan yuborilgan havolalar yanada ko‘proq profillarga kirish imkoniyatini bergan. Oqibatda u kelgusidagi spam-jo‘natmalar uchun yoki qayta sotuvga qo‘yish maqsadida odamlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni saqlab qo‘yish orqali foyda ko‘rgan.

Federal Qidiruvlar Byurosi 2011 yilda Uollesni aniqlab, xibsga olgan va u o‘z qilgan jinoyatlarini bo‘yniga olgan. Biroq bu unga qamoq jazosi va 310 ming dollar miqdoridagi jarimadan qutulib qolishiga yordam bermagan.

2016 yil aprel oyining o‘rtalarida Facebook ijtimoiy tarmog‘ining rossiyalik foydalanuvchilari ommaviy tarzda mazkur ijtimoiy mediada virus borligi haqida shikoyat qiladilar. Shaxsiy xabarlar shaklida akkauntlar egalari o‘z do‘stlaridan “YouTube”dagi muayyan rolik haqidagi sahifaga havolalar qabul qilganlar. O‘sha sahifalarga o‘tish chog‘ida profil buzilgan hisoblangan. Havolalar olib o‘tuvchi roliklar pornografik mazmunda bo‘lgan.

Spam (ingliz tilida “spam”) — tijorat, reklama yoki boshqa maqsadlarda elektron profil yoki pochta manzillariga yuborilgan tarqatmalar. Bu ish bilan shug‘ullanuvchi “spamer” deyiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.