AMOLED ekranli Huawei Enjoy 6 smartfoni namoyish etildi

AMOLED ekranli Huawei Enjoy 6 smartfoni namoyish etildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi Mate 9 fabletini taqdimoti arafasida Enjoy 6 nomli nisbatan arzon, biroq kuchli texnik parametrlarga ega bo‘lgan smartfonni taqdim qildi. Smartfonga o‘rnatilgan AMOLED ekran uning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Bundan tashqari, model sig‘imi 4100 mA/soat bo‘lgan yirik batareya bilan jihozlangan.

Huawei Enjoy 6 korpusi polikarbonatdan ishlangan, uning orqa tarafiga odatdagiday barmoq izi skaneri joylangan. Modelga diagonali 5 dyuymli HD aniqligidagi AMOLED ekran (Xitoy smartfonlari uchun kam uchraydigan holat), chastotasi 1,4 GGs bo‘lgan MediaTek MT6750 protsessori, 3 GB operativ va 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

Asosiy kameraning aniqligi – 13 MP (diafragma f/2.0), old kameraniki esa 5 MP. Gadjet Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi. Ikkita  SIM-karta ishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei Enjoy 6 noyabr oyida Xitoyda sotuvga chiqariladi. Narxi – 192 dollar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!