Andijonda Beelinening yangi baza stansiyalari

Andijonda Beelinening yangi baza stansiyalari

Beeline aloqa kompaniyasi Andijon viloyatida GSM va 3G tarmoqlari qoplami va sig‘imi zonasining kengaytirganini bildirdi. Operator xabar berishiga ko‘ra yangi baza stansiyalari ishga tushgach, signal va mobil internet tezligi anchagina yaxshilangan.

Unitelning Sharqiy mintaqaviy filiali direktori Sanjarbek Iminov: “Tarmoq imkoniyatlarini oshirib, modernizatsiya masalalarida innovatsion texnologiyalarga tayangan holda ovozli va internet aloqasi uchun mijozlarimizga yanada keng sharoitlar yaratishga hamisha tayyormiz. Biz uchun eng afzali Beeline tarmog‘ida abonentlarimiz o‘zlarini yaxshi his etishlaridir, shu sabab tarmoqning qurilishi va rivojlanishiga diqqatimizni qaratamiz”, – dedi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!