Andrey Saxarov internetni bashorat qilgan

Andrey Saxarov internetni bashorat qilgan

1974 yilda Andrey Saxarov yozgandi:

“Kelajakda, ehtimol, 50 yil o‘tgach, butunjahon axborot tizimi (vsemirnaya informatsionnaya sistema – VIS) yaratilishini taxmin qilaman. Bu tizim yordamida qachondir, qayerdadir nashr etilgan har qanday kitob yoki maqolani istalgan vaqtda topib o‘qish, xohlagan ma’lumotni olish mumkin bo‘ladi. So‘rov yuborish uchun butunjahon axborot tizimining uzatuvchi va qabul qiluvchi alohida kichkina qurilmalari, axborot oqimini boshqaruvchi dispetcherlik punktlari, simli va lazerli liniyalar, minglab sun’iy aloqa yo‘ldoshlarini o‘z ichiga jamlagan robitaviy kanallar,  bo‘ladi. Bu tizimning qisman ishga tushirilishi ham har bir insonning hayotiga, bo‘sh vaqtiga, aqliy va badiiy ijodiy kamol topishiga katta ta’sirini ko‘rsatadi. Ko‘plab zamondoshlarimizning asosiy axborot manbai bo‘lgan televizordan farqli o‘laroq, BAT har kimga axborotni tanlashda eng yuqori erkinlikni taqdim qiladi va har bir kishidan faollik talab qiladi”

Saxarov mo‘ljalni kechroq olgan ko‘rinadi. Internet 1990-yillardanoq jamiyat hayotiga kirib keldi.

Andrey Saxarov (1921-1989) sovet fizik olimi, vodorod bombasi yaratuvchisi sanaladi. Jamoat arbobi va dissident sifatida faoliyat yuritgan. Nobel mukofoti sohibi (1975)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!