Android 10 Q sizni muhim bir imkoniyatdan mahrum etadi!

  •   DiMaX
  •  1463
  •  10.05.2019 08:48

Android 10 Q sizni muhim bir imkoniyatdan mahrum etadi!

Qidiruv giganti kuni kecha, dasturchilarga mo‘ljallangan Google I/O 2019 konferensiyasi doirasida o‘z operatsion tizimining yangi talqinini namoyish etdi. Garchi u foydalanuvchilarga to‘liq topshirilmagan esa-da, ayrim rusumlardagi smartfonlar egalariga allaqachon Android 10 Q uchinchi beta-versiyasini sinab ko‘rish imkoni berildi.

O‘QING: RASMAN: Android Q uchinchi beta-versiyasigacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati

Google o‘z operatsion tizimining yangi imkoniyatlari talqini haqida ko‘plab ma’lumotlar bergan, ammo unda foydalanuvchilar muhim bir imkoniyatdan mahrum etilayotganini aytmagan. TechRadar resursining xabariga ko‘ra, Android 10 Q talqinida bu tizimdan Android Beam texnologiyasi olib tashlangan.

Mazkur texnologiya foydalanuvchilarga 2011 yili, operatsion tizimning Android 4.0 Ice Cream Sandwich talqini bilan birga taqdim etilgan edi. Android Beam texnologiyasi turli fayllarni smartfonlar orasida tezkorlik bilan va oson almashish imkonini beradi. Bunda veb-sahifa, fotosurat, videolavha, kontakt va yo‘nalishlarni o‘zaro o‘tkazish uchun Android-smartfonlarni bir-birining ustiga qo‘yish kifoya.

Android Beam o‘rniga qidiruv giganti boshqa biror shunday taklif bermayapti. Fayl almashish uchun Google Files, Google Photos va Google Drive, yoki chet ishlab chiquvchilarning turli ilovalarini qo‘llash mumkin. Lekin bularning hech biri asosiy raqobatchi Apple iOS tizimidagi AirDrop fayl o‘tkazish texnologiyasi kabi sodda emas.

O‘QING: iOS’dagi kontaktlarni Androidga qanday o‘tkazamiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!