Android 13 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Android 13 qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi

Google rahbari Sundar Pichai kompaniya har yili o‘tkazadigan dasturchilar konferensiyasi, Google I/O tadbirining bu yilgi soni 11-12-may kunlarida o‘tkazilishini e’lon qildi.

Bu yilgi #GoogleIO uchun Shoreline Amfiteatrdan jonli efirda qaytamiz! Bizga onlayn qo'shiling 11-12 may io.google

An’anaga ko‘ra har yili shu tadbirda Android operatsion tizimining yangi avlodi taqdim qilinadi. Demak, kompaniya o‘tgan oyda Android 13'ning ilk sinovlarini boshlaganligini hisobga oladigan bo‘lsak, Google may oyida yangi avlod "yashil robot"ini taqdim qiladi. Uning yakuniy barqaror versiyasi esa shu yilning kuz faslida Pixel 7 smartfonlari bilan chiqariladi. Shu bilan birga, nafaqat operatsion tizim, balki kompaniya o‘zining o‘rta byudejtli Google Pixel 6a smartfonlari va Pixel Watch smartsoatlari ham taqdim qilishi kutilmoqda.

2020-yilda pandemiya sabab har yili chiptalar sotib, oflayn o‘tkaziladigan Google I/O tadbiri bekor qilingan edi. 2021-yilda esa u onlaynga ko‘chdi va Android 12 taqdim qilindi. Bu safargi Google I/O gibrid formatda: onlayn va oflayn bo‘lishi rejalashtirgan. Kompaniya rahbari Sundar Pichai aytganidek oflayn tadbir Kaliforniyadagi Shoreline amfiteatrida jonli efirga uzatiladi va unda tomoshabinlardan faqat Google'chilar va boshqa bir nechta mehmonlar qatnashishadi. Onlaynda esa dunyoning istalgan chetidan har kim bepul qatnashishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Android 13 shu yerda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.