Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi
Google’ning Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi — Android 6.0 Marshmallow’da o‘zbek tili mavjud. Bu haqda “Mobinfo.uz” ma’lumotiga asoslanib “Daryo” xabar berdi.
Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, jumladan:
- dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
- ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi «Bezovta qilmang» rejimi paydo bo‘ldi;
- smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi.