Android 8.0 Oreo’ning «ishkal»lari chiqa boshladi!

  •   DiMaX
  •  1534
  •  07.09.2017 10:10

Android 8.0 Oreo’ning «ishkal»lari chiqa boshladi!

Google’ning mobil operatsion tizimi yangi – Android 8.0 Oreo talqini Samsung va boshqa ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilarning turli smartfon va planshet modellari uchun taqdim etilgan. Biroq tizimning ushbu versiyasidan foydalana boshlaganlar allaqachon uning nuqsonlaridan shikoyat qila boshlashgan. Bu xususda Reddit ijtimoiy yangiliklar sayti xabar bermoqda.

Shikoyatchilar aytayotgan asosiy muammo shundaki, hatto smartfon Wi-Fi tarmog‘iga ulanib turgan payti ham Oreo internet uchun uyali aloqa tarmog‘idan foydalanadi. Ya’ni, agarda smartfoningiz Android 8.0 tizimida ishlaydigan bo‘lsa, siz internet uchun ofisingizdagi yoki uyingizdagi Wi-Fi routerga ulangan taqdirda ham, baribir SIM-kartangiz orqali mobil trafik sarflanadi.

Google ishlab chiquvchilarining aytishlaricha, mazkur muammodan ular ham xabar topishgan va allaqachon uni bartaraf etish ustida ishlamoqdalar.

 Hozircha mazkur muammoning yagona yechimi sifatida taklif qilinayotgan usul – Wi-Fi mavjud joyda smartfonda mobil internetni uzib qo‘yishdir.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!