Android 8.1 Oreo’da ishlaydigan Palm PVG100 sertifikatsiya sinovidan o‘tdi

  •   Saroy
  •  978
  •  08.08.2018 11:51

Android 8.1 Oreo’da ishlaydigan Palm PVG100 sertifikatsiya sinovidan o‘tdi

TCL kompaniyasi  Palmni bundan uch yil avval sotib olgan edi, biroq masalan  Blackberry’dan farqli ularoq, Xitoy kompaniyasi ushbu brendni faollashtirish o‘rniga muzlatib qo‘yishga qaror qilgandi. Bundan tashqari, TCL BlackBerry smartfonlarini ishlab chiqarish va sotish litsenziyasiga ham ega. Shu bois ushbu  qurilmalarni ishlab chiqarishga kompaniya ko‘p kuch sarflashga to‘g‘ri keldi. Mana endi eski va qadrdon  Palm’ni qaytadan jonlashtirish uchun vaqt kelganga o‘xshaydi.

O‘QING:BlackBerry Ghost kuchli batareya bilan ta’minlandi

Xabarda aytilishicha, model raqami PVG100 bo‘lgan yangi qurilma yaqindagina Aloqa bo‘yicha federal komissiyasi (FCC) hamda Wi-Fi Alliance sertifikatini oldi. Taassufki, hujjatda qurilmaning tavsifi bo‘yicha hech qanday ma’lumot qayd qilinmagan. Ammo bizga ma’lumki,Palm PVG100  Android 8.1 Oreo boshqaruvida ishlaydigan smartfon hisoblanadi va TCL uni joriy yilda ishlab chiqarishni boshlasa kerak.

O‘QING:BlackBerry KEYone yaqinda Android Oreo bilan yangilanadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!