Android’da keshni tozalaymiz

  •   DiMaX
  •  5163
  •  29.01.2017 20:10

Android’da keshni tozalaymiz

Smartfondagi ilovalar o‘zida ko‘plab ma’lumot va axborot saqlaydi, bu esa – qurilma xotirasidan shuncha joy band bo‘ladi, deganidir. Ushbu to‘planib qolgan ma’lumotlarni o‘chirib yuborish amali keshni tozalash deyiladi. Buni qilsak, nafaqat biror muayyan dasturning faoliyati me’yorlashadi, balki smartfonning xotirasi ham tozalanib, uning ishlash tezligi oshadi.

Quyida Android tizimli smartfonlarda keshni tozalashni qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz.

Keshni yalpi tozalash

Smartfonning keshini butkul tozalash – undagi barcha ilovalarning to‘planib qolgan ma’lumotlarini o‘chirish uchun uning sozlamalari – «Nastroyki»ga kiramiz.

Keyin uning xotira sozlamalariga, ya’ni «Pamyat» bandiga o‘tamiz.

Bu yerda bizga keragi – kesh ma’lumotlari, ya’ni «Dannie kesha». Shuni bossak, keshni tozalashga buyruq bergan bo‘lamiz.

Tizim bizdan ma’lumotlarni o‘chirish haqidagi qarorimizni tasdiqlashni so‘raydi. Qalqib chiqqan oynachadan «OK»ni bosib, tozalashni tasdiqlaymiz.

Tegishli biror ilova keshini tozalash

Ba’zida butun bir smartfonning keshini emas, balki undagi biror dasturning keshini tozalashga zarurat tug‘iladi. Odatda, to‘g‘ri ishlamay qolgan ilovaning ortiqcha ma’lumotlarini o‘chirib tashlash kerak bo‘lib qoladi.

Bunday hollarda ham, xuddi yuqoridagi singari, ishni telefonning umumiy sozlamalari – «Nastroyki»dan boshlaymiz. Keyin esa dasturlarga – «Prilojeniya» bo‘limiga o‘tamiz.

Bu yerda o‘zimizga kerakli ilovani tanlaymiz. Masalan, quyidagi misolda Agent Mail.Ru keshini tozalash amalga oshirilmoqda.

Uning menyusidagi «Ochistit kesh» –  «Keshni tozalash» bandini tanlaymiz va shu bilan dasturning to‘planib qolgan ortiqcha ma’lumotlari o‘chirib tashlanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!