Android’da videomontaj qiluvchi 5 ilova

  •   DiMaX
  •  5687
  •  12.04.2017 15:19

Android’da videomontaj qiluvchi 5 ilova

Smartfon va planshetlardan endi nafaqat fotoapparat, balki videokamera sifatida ham foydalanyapmiz. Bulardan tashqari, suratga olingan rasm va videolavhalarni shu devayslarning o‘zida tahrirlash – montaj qilish ham mumkin. Jumladan, Android tizimli qurilmalarda bu ishlarni amalga oshirish uchun eng qulay va zo‘r videomuharrir ilovalarni bugungi to‘plamimizda ko‘rib olishingiz mumkin.

«Redaktor video i foto Muzika»

Agarda sizga videolavhalarni osonlik va tezkorlik bilan montaj qilish kerak bo‘lsa, u holda InShot kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ilova qo‘l keladi. U yaxlit videofaylni bo‘laklarga bo‘lishga, keyin ularni o‘zingiz xohlagan tartibda qayta birlashtirib chiqishga imkon beradi. Videoga musiqa, fotosurat yoki matn qo‘shish, shuningdek, fonni tozalash ishlari ham oddiygina barmoq bilan teginishlar orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, «Redaktor video i foto Muzika» nafaqat video, balki fotosuratlarni ham qayta ishlashga yaraydi. Video yaratgach, uni Facebook va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda ulashish funksiyasi bor. Full HD formati bilan ham ishlaydi.

Xususiyatlari:

  • Full HD videoni qayta ishlash
  • Videotrimmer
  • Slayd-shou yaratish
  • Sodda boshqaruv
  • Matn va emodzi qo‘shish imkoni

Mazkur dasturni Google Play rasmiy do‘konidan mana bu havola orqali yuklab olish mumkin.

Magisto

Android uchun eng zo‘r videomuharrirlardan biri Magisto hisoblanadi. Ilova foydalanishdagi soddaligi va a’lo darajadagi dizayni sababli butun dunyoda keng e’tirof etilgan.

Unda videoni montaj qilish uchun uchtagina qadamni amalga oshirish kifoya: faylni, filtrni va musiqani tanlash! Shu tariqa yaratilgan videotasvirni «Odnoklassniki», Facebook, Instagram, Twitter, YouTube tarmoqlariga va hatto elektron pochtaga ham yuborish imkoni mavjud.

Xususiyatlari:

  • Videolavhalarni ulash
  • Slayd-shou yaratish
  • Sodda boshqaruv
  • Filtrlar

Ilovani Google Play do‘konidan ushbu havola orqali olib o‘rnatsangiz bo‘ladi.

AndroVid

Bu ilova – Android uchun yaratilgan jiddiy videomuharrir. AndroVid videoni nafaqat montaj qiladi, balki turli formatlarga konvertatsiya qilib ham bera oladi. Turli videolavhalarni bitta filmga birlashtirish, unga musiqa va matn qo‘shish mumkin. Kadrni «qotirib» qo‘yish, tezlashtirish yoki sekinlashtirish kabi effektlari mavjud, yana ovoz yo‘lakchasini kesib olish mumkin va boshqa ko‘plab funksiyalarga ega.

Xullasi kalom, AndroVid – blog va ijtimoiy tarmoqlar uchun chiroyli videolar yaratishga yordam beruvchi baquvvat mobil ilovadir.

Xususiyatlari:

  • Videotrimmer
  • Videotranskoder
  • Slayd-shou yaratish
  • Filtrlar
  • Matn va musiqa qo‘shish imkoni

Google Play do‘konidan bu ilovani mazkur havola yordamida olib o‘rnatishingiz mumkin.

VideoShow

VideoShow ilovasini Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan eng qiziq videomuharrir, deyish mumkin. U mobil videoni tahrirlash uchun eng kerakli funksiyalarni o‘z ichiga olgan. Unda ajoyib videolavha yoki slayd-shou yaratish uchun 50 dan ortiq puxta o‘ylangan mavzular xizmatingizga shay.

Dasturda yuzdan oshiq bepul musiqiy kompozitsiyalar, matn terishning turli uslublari va subtitrlar uchun shriftlar jamlangan. Bundan tashqari, uning o‘ziga o‘rnatilgan do‘konida katta miqdordagi qo‘shimcha effektlar, stikerlar va ovozli effektlar mavjud. Eng asosiysi – shuncha afzalliklari bo‘lishiga qaramasdan, VideoShow mutlaqo bepul!

Xususiyatlari:

  • Videotrimmer
  • Videotranskoder
  • Slayd-shou yaratish
  • Filtrlar
  • Effektlar do‘koni
  • Matn va emodzi qo‘shish imkoni

VideoShow videomuharririni ushbu havola orqali yuklab olsa bo‘ladi.

VivaVideo

Ushbu videomuharrir ham funksionalligiga ko‘ra VideoShow’ga o‘xshab ketadi, lekin uning puxta ishlangan o‘z interfeysi mavjud. Videomontaj uchun boy imkoniyatlar to‘plami hamda zamonaviy dizayn VivaVideo ilovasining Google Play do‘konidagi eng yaxshi dasturlar qatoridan o‘rin olishiga sababchi bo‘lgan.

Videoni tahrirlash uchun professional jihozlarning qo‘llashdagi qulayligi, videoni tezlatish va sekinlatish funksiyalari va boshqa qulayliklar unda jamlangan. Aftidan, bu – fotosuratlaringizni slayd-shouga, videolavhalaringizni esa kichkina san’at asariga aylantirishning eng sodda usuli bo‘lsa kerak!

Xususiyatlari:

  • Videotrimmer
  • Videotranskoder
  • Slayd-shou yaratish
  • Filtrlar
  • Matn va emodzi qo‘shish imkoni

Bu dasturni Google Play do‘konidan mana bu havola orqali ko‘chirib olish  mumkin.

Shuningdek, fotosuratlarni qayta ishlash uchun eng maqbul ilovalar ko‘rsatilgan maqolamizga ham nazar solishingizni tavsiya etamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!