Android’dagi Google Chrome brauzerida endi video fon rejimida ijro etiladi

Android’dagi Google Chrome brauzerida endi video fon rejimida ijro etiladi

Google o‘zining Chrome brauzeriga yangi fuksiyalarni qo‘shish orqali uni takomillashtirishda davom etmoqda.  Kompaniya Chrome brauzeri uchun navbatdagi  dastur yangilanishini chiqarish arafasida. Xabar berilishicha, ayni vaqtda Android’dagi Chrome brauzeri beta-sinovlardan o‘tmoqda ekan.

Avvalgi Google Chrome brauzerning 53 versiyasida ijro etilayotgan video asosiy ekran yoki boshqa ilovaga o‘tganda avtomatik tarzda to‘xtar edi. Endilikda yangi versiyada foydalanuvchilar videoni fon rejimiga ham o‘tkazishlari mumkin. Brauzerdan chiqilgan taqdirda, rolik avtomatik tarzda to‘xtaydi, biroq uning ohangini “Play” tugmasiga bosib, fon rejimida faollashtirish imkoniyati mavjud.

nexus2cee_Screenshot_20160915-164103-668x432

Shu bilan birga ro‘yxatdagi audio treklarni ham boshqarish mumkin. Bunday funksiya YouTube videoxostingining mobil versiyasiga ham avvalroq tatbiq etilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!