Android’dan yo‘qolgan ma’lumotlar qanday qayta tiklanadi?

Android’dan yo‘qolgan ma’lumotlar qanday qayta tiklanadi?

Ba’zida “Sozlamalar> Ilovalar> Ilovalar boshqaruvi> Barchasi> Xatlar” amallarini bajaraib, “Ma’lumotni o‘chirib tashlash” buyrug‘ini tasdiqlaymiz. Keyin esa barcha xatlar bilan birga, zarur xatlarning ham o‘chib ketganini o‘ylab, qattiq afsuslanamiz. Smartfon yosh bolalar qo‘liga tushsa, ko‘pincha kerakli ma’lumotlar, aloqa ro‘yxati va videolar ham gadjet xotirasidan yo‘qolib qoladi.

Android operatsion tizimidan o‘chirib yuborilgan fayllarni qayta tiklash yo‘llari ko‘pchilikni qiziqtiradi. Android telefondan o‘chirib yuborilgan fayllar shunchaki sizning ko‘zingizdan g‘oyib bo‘ladi xolos, aslida ular telefon xotirasining bir chekkasida hali ham saqlab qolingan bo‘ladi. Bunday mahalda eng keragi – o‘chirib tashlangan fayllarni aniqlovchi va ularni orqaga qaytaruvchi vosita. “FonePaw Android Data Recovery” ana shunday qulay ilova-vositalardan biri.

FonePaw Android Data Recovery (ishlab chiqaruvchining rasmiy sayti) dasturini Android, aniqrog‘i Samsung Galaxy, Google Nexus, LG, Sony, HTC, Motorola, Huawei, OnePlus, AUSU, Xiaomi va ZTE kabi brendlarning smartfonlaridagi o‘chirilgan ma’lumotni qayta tiklashda ishlatish mumkin. Bir nechta tugmani bosish bilan fotosurat, video, musiqa, matnli xat, WhatsApp, aloqalar, qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati va hujjat fayllarini Android telefonida qayta tiklash mumkin.

Maslahat:

Yodda saqlang: Android smartfondagi ma’lumotlarni o‘chirayotganda telefonni ishlatmay turing. Aks holda, yangi ma’lumotlar ham o‘chib ketishi mumkin.

Shunday qilib, boshlaymiz.

1-qadam: Android qurilmani kompyuterga ulang.

Kompyuterga Android Data Recovery dasturini yuklab oling. Keyin, smartfonni USB kabeli orqali PC-kompyuterga ulang.

2-qadam: “USB orqali nosozliklarni to‘g‘irlash” rejimini yoqing.

Bu orqali siz kompyuterga unga ulangan qurilmaga kirishiga ruxsat berasiz. Buning uchun quyidagi amallarni bajaring.

Android 2.3 va undan keyingi talqin uchun: “Sozlamalar”> “Ilovalar”> “Sozlash” > “USB – sozlash”.

Android 3.0 – 4.1 talqini uchun: “Sozlamalar” > “Sozlash usullari” > “USB-sozlash”.

Android 4.2 yoki undan yangi talqin uchun: “Sozlamalar” > “Telefon haqida”. “Raqamni sozlash”ni 7 marta, ya’ni “Siz sozlash rejimida”siz rejimi chiqqunicha tushiring. Shundan so‘ng yana “Sozlamalar” > “Sozlash usullari” > “USB-sozlash”ni tanlang.

3-qadam: Qayta tiklanadigan fayl turini tanlang

Bu bosqichda sizdan qaysi turdagi fayllarni qayta tiklash so‘raladi. Siz fayl turini tanlab, “davom etish” tugmasini bosing. Shundan so‘ng Android Data Recovery dasturi skaner qilishni boshlaydi.

4-qadam: Qurilmani tahlil qilish va fayllarni tekshirishga ruxsat olish.

Bu bosqichda dastur qurilma ma’lumotlari bilan tanishib, yanada chuqurroq tanishish uchun ruxsat oladi. Smartfon oynasida quyidagi suratdagi kabi ma’lumot chiqsa, smartfonni o‘chirib,  “Ruxsat berish/taqdim qilish/ vakolat berish” buyrug‘ini bajaring.

Dasturga ma’lumotlar bilan tanishish uchun yanada chuqurroq vakolat berish – unga ma’lumotlarni yaxshiroq skaner qilish imkonini beradi. Bu bir oz vaqtni talab qiladi. Bu jarayonda sabrli bo‘lish talab qilinadi.

5-qadam: Qarab chiqish va Android’dan yo‘qolgan faylni qayta tiklash.

Skanerlash, va nihoyat yakuniga yetdi! Barcha tanlangan ma’lumotlar tartib bilan saralangan va chap tomon paneldagi ro‘yxatga tizilgan. Bu yerda smartfonda siz so‘ragan barcha turdagi – ham o‘chirilgan, ham mavjud ma’lumotlar chiqib turadi. Siz endi o‘zingizga kerakli kontentni tanlang. Ular batafsil kompyuter oynasida ko‘rinib turadi. Agar ma’lumotlar ko‘pligi sizni chalg‘itayotgan bo‘lsa, “ON” ikonkasini bosib, faqat “o‘chirilgan fayllarni tanlash”ga buyruq bering. Shundan so‘ng “Qayta tiklash” buyrug‘ini bering. Barcha o‘chirilgan fayllar orqaga qaytib, kompyuteringizda saqlanadi.

Qayta tiklangan fayllar uchun eslatma:

Qayta tiklangan ma’lumotlar kompyuterda quyidagi fayl turi, nomi hamda formatda saqlanadi:

Aloqa ma’lumotlari SMS-xatlar Qo‘ng‘iroqlar tarixi Suratlar Video Audio Hujjatlar
Telefon raqam, ism, elektron pochta Kontent, telefon raqami va chiqish xatlari, qayta tiklangan sanasi Ism, telefon raqam, qo‘ng‘iroq turi hamda qo‘ng‘iroqning  davomiyligi Kamera suratlari, kompyuter va boshqa qurilmalardan yuklab olingan suratlar, WhatsApp va tarmoqlardan yuklangan suratlar Telefonda tasvirga olingan videolar, kompyuter va boshqa qurilmalardan yuklab olingan videolar Yozib olingan ovoz va musiqalar Doc/ XLS/ PPT/ PDF/ HTML/ ZIP/ RAR
VCF/ CSV/ HTML CSV/ HTML HTML JPG/ PNG/ GIF MP4/ 3GP/ AVI/ WMV/ FLV/ RMVB/ M4V/ MOV AAC/ MP3/ WAV Doc/ XLS/ PPT/ PDF/ HTML/ ZIP/ RAR

Agar smartfonda siz uchun zarur va qadrli ma’lumot bo‘lsa, ulardan doimo nusxa ko‘chirib yuring. Misol uchun, ularni brend yoki turli virtual xizmatlarning “bulutli saqlash omborxonasi”da ham saqlab qo‘yish mumkin.

Modomiki, bizning maslahatimiz Android qurilmangizda yo‘qolgan ma’lumotlarni qayta tiklash uchun yordam bergan bo‘lsa, biz baxtiyormiz?  FonePaw Android Data Recovery nafaqat yo‘qolgan aloqa ma’lumotlari, xat va qo‘ng‘iroqlarni topadi, shuningdek mavjud media fayllarni ham skaner qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.