Android Marshmallow eng ommabop Android versiyaga aylandi

Android Marshmallow eng ommabop Android versiyaga aylandi

Google  kompaniyasi dekabr oyining avvalida Android dasturidagi versiyalarning fragmentatsiyasini e’lon qildi. Bu borada Android Police saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra,  Android Marshmallow versiyasining umumiy ulushi 2,3 foizga ortib, jami 26,3 foizni tashkil etgan. Avvalroq versiyalar orasida Android 4.4 KitKat birinchilikni egallab turgan edi, biroq uning ulushi so‘nggi davr ichida 24%ga tushib ketdi. Uchinchi o‘rinni 23,2% bilan Android 5.1 Lollipop band qilgan.

Android 7.0 Nougat haqida gapiradigan bo‘lsak, garchi yangi versiyaning relizidan beri qariyb 3 oy o‘tgan bo‘lsa ham, uning ulushi bor-yo‘g‘i 0,4%ga teng bo‘lgan. Eng qizig‘i, Google Android 7.1 versiyasini ham chiqarishga ulgurdi. Biroq smartfon ishlab chiqaruvchilar Android 7.0 Nougat versiyasining sinovini yakuniga yetkazgach, uning bozordagi ulushi ortishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!