Android Nougat Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’da qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Android Nougat Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’da qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Avvalroq saytimizda Buyuk Britaniyaga mo‘ljallangan Galaxy S7 Edge modeli uchun Android 7.0 Nougat versiyasining beta-sinovlari boshlagani to‘g‘risida ma’lum qilgan edik. Kecha esa Samsung bilan aloqador yangiliklarni yoritadigan yetakchi Sammobile  resursida Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlaridagi Android Nougat interfeysining birlamchi skrinshot va videolari e’lon qilindi.

Skrinshot va videolardan ko‘rinib turganidek, Janubiy Koreya gigantining so‘nggi flagmanlari interfeysida yangi dastur tufayli bir qator o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Ayniqsa, daylerning interfeysi o‘ziga xos. Umuman olganda, Android Nougat versiyasi turli ortiqchi eskizlardan xoli, ko‘zga yaxshi ko‘rinadi, minimalistik dizaynda. Albatta, dastur bilan flagmanlarga turli yangi imkoniyatlar tatbiq etiladi. Barcha yangiliklarni  vaqti bilan batafsil yoritamiz. Hozircha esa Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge’dagi Android Nougat bilan tanishamiz.

samsung-galaxy-android-nougat-1

samsung-galaxy-android-nougat-2

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.