Android-qurilmangizni kesh, tarix va keraksiz fayllardan tozalamoqchimisiz?

  •   Saroy
  •  2127
  •  14.05.2018 13:36

 Android-qurilmangizni kesh, tarix va keraksiz fayllardan tozalamoqchimisiz?

Android-qurilmasidan foydalanuvchilar ko‘pincha “Saqlash uchun joy yetmayapti”, xabariga duch keladilar. Vaqti kelib smartfon yoki planshetda juda ko‘p keraksiz xabarlar yig‘ilib qoladi. Xo‘sh, bunday xabarlarni qanday yo‘qatish mumkin? Agar bu ishlarni sizning o‘rningizga qiladigan  ilovani qidirayotgan bo‘lsangiz, unda avvalboshdan ogohlantiramiz, bunday ilovalarning aksariyati vaziyatni yaxshilay olmaydi.

Android-qurilmangizni mana shunday keraksiz xabarlardan yoki qo‘polroq qilib aytganda “axlat”dan tozalashning bir necha samarali usullarini ko‘rsatamiz:

 Muammoni  DiskUsage ilovasi orqali qidirib ko‘ramiz

Foydalanuvchi avval boshdan smartfon xotirasini eng ko‘p nima band etayotganini aniqlab olishi kerak.

DiskUsage ilovasidan foydalanib, siz gadjetingizda saqlanayotgan barcha xabarlarga nazar tashlashingiz mumkin. Shu yo‘l bilan, qaysi papka yoki fayllar ko‘p megabayt iste’mol qilayotganini osongina bilib olasiz. Xatirani skanir qilganingizdan keyin, har bir ilova, kesh va boshqa ma’lumotlarning razmerini ko‘rishingiz mumkin.

DiskUsage grafikni quradi, u sizga telefonda nimalar borligi haqida juda yaxshi tasavvur beradi. Siz tezda keraksiz fayllarni o‘chirib tashlashingiz mumkin.  

 Dsturlar va o‘yinlar o‘rnatilgan keshni qo‘lda o‘chirib tashlaysiz

Smartfon foydalanuvchilarining ko‘pchiligi ilovalar kesh’ini, shuningdek messenjerlar orqali olingan fotografiya va videoyozuvlar papkasini muntazam ravishda qo‘lda tozalab boradi. Chunonchi, agar siz WhatsApp, Viber, Hangouts  yoki boshqa shunga o‘xshash dasturlar xizmatidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda ular orqali olingan fayllarni tez-tez o‘chirib tashlashga to‘g‘ri keladi, chunki ular anchayin ko‘p joy eg‘allaydi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar mobil gadjetni tozalaydigan aksariyat asboblar uning ish unumdorligini yaxshilashini ta’kidlashadi. Chunki, odatda ular keshni tozalash evaziga bu ishni yaxshi uddalaydilar.

Umuman olganda, kesh bu, xotiraning ma’lumotlar saqlanadigan hududi hisoblanadi yoki kelgusida xabarni osonlik bilan ko‘rish uchun tez-tez foydalanadigan jarayondir. Natijada vaqtni tejaydi va smartfoningiz yoki planshetingizda apparat ta’minoti ko‘p sarf bo‘lishining oldini oladi. Albatta, bu yaqin istiqbolda sizga eng zo‘r variant bo‘lib ko‘rinadi, lekin keyinchalik salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi ham mumki

Yaxshisi, keshni oldindan tozalab turish kerak. Ushbu jarayonni “Nastroyki” orqali bajarish mumkin: “Nastroyki” ilovasini oching “Dispetcher prilojeniy” bo‘limiga o‘ting, “Pamyat” menyuostiga o‘ting va “Ochistit kesh” tugmasini bosing.

  Qurilmani zavod holatiga keltirish

 Zavod holatiga keltirish sizga qurilmangizni batamom tozalab beradi, telefon xotirasi uni xarid qilganingizda qanday toza bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu holatga keltiradi. Albatta, bu jarayonni boshlashdan oldin kerakli ma’lumotlardan nusxa olib qo‘yishni unutmasligingiz kerak.

Xo‘sh, Android-qurilma boshlang‘ich holatiga qanday keltiriladi. Sozlagichni oching. “Arxivatsiya i sbros” menyusiga o‘ting,  pastdagi “Sbros ustroystva” tugmasini topib bosing  va  haqiqatan ham davom ettirayotganingizni tasdiqlang.

 SD Maid – Ma’lumotlarni tozalash asbobi

U  sizning  Galaxy’ingizga boshqa o‘rnatilmagan fayllar va papkani topa oladi. Bunday ma’lumotlar ko‘plab yig‘ilib qolishi mumkin, shu bois ushbu jihatni e’tiborsiz qoldirmaslikni maslahat beramiz. Bundan tashqari, siz osonlik bilan keraksiz fayllarni topa olasiz, nusxasini va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash fayllarni o‘chirib tashlay olasiz. SD Maid intuitiv-tushunish interfeysi bilan maqtana oladi, shuningdek, superfoydalanuvchi huquqi tartibida ham ishlashi mumkin.  Agar siz apparatingizni rut holatiga keltirsangiz, u holda smartfoningiz xotirasini yanada ko‘proq ma’lumotlardan tozalash imkoniyaga ega bo‘lasiz. Rut bo‘lmagan bepul versiyada barcha funksiya mavjud, lekin siz superfoydalanuvchi huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda  Pro-versiyani sotib olishingizga to‘g‘ri keladi.

CCleaner ham yana bir foydali asbob

Ushbu ilova keraksiz, foydasiz va vaqtinchalik ma’lumotlarni o‘chiradi.  Mazkur ilovaning ustunlik tomoni shundan iboratki, u qurilmaning xotirasini tahlil qila oladi, kesh bilan brauzer tarixini, qo‘ng‘iroqlar tarixi va tizimning boshqa bo‘limlarini skanirlashtiradi. Tahlildan keyin foydalanuvchi tozalash bo‘yicha maslahat oladi. Qo‘shimchasiga,  CCleaner sizni boshqalardan ham ko‘ra ko‘proq kesh-xotira istemol qiladigan, shu bilan birga, ularni tozalash imkoniyatiga ega ilovalar ro‘yxati bilan ham ta’minlaydi.  SD Maid kabi bu asbob ham intuitiv-tushinish interfeysga ega.

Xulosa

Tozalash ilovasidan foydalanib, qurilmanning ish unumdorligi va tezkorligi 50-70 foizga oshdi, deb xatoga yo‘l qo‘ymang. Taassufki, bu haqiqat emas.  Agar telefoningizda bo‘sh xotira maydonlari kam bo‘lsa, u holda bu jarayon tizimning sezgirligini biroz yaxshilashi mumkin, lekin ishlash uchun to‘plamda kenglik bo‘lishi kerak  Agar microSD xotira kartasidan foydalanayotgan bo‘lsangiz u holda ilovani ko‘chirish sizga yordam berishi mumkin. Agar telefoningizning operatsion tizimi bunday funksiyaga ega bo‘lmasa, unda, SD Maid rut-huquq yordamida buni qilsa bo‘ladi. Afsuski, superfoydalanuvchi huquqini olish ko‘pchillik uchun anchayin murakkab jarayon bo‘lib chiqishi mumkin.

Yana bir maslahat shuki, ilovalar xotirasini ushlab turish unchalik shart emas, chunki undan juda kam foydalanasiz. Siz uni har doim ilovalar dukonidan olib o‘rnatishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.