Android uchun ochiq kodli eng yaxshi 10 ta ilova

Android uchun ochiq kodli eng yaxshi 10 ta ilova

Ochiq kodning afzalliklari talaygina. Ochiq kod moslashuvchan standart bo‘lib, bunday ochiq manbali ilova va dasturlar takomillashuviga foydalanuvchilar o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Android barcha zamonlarning eng ommabop va eng qudratli ochiq kodli loyihalaridan biri sanaladi. Smartfoni ishlashini ta’minlab turgan kodlarni ko‘rishni xohlaganlar buni qiyinchiliksiz amalga oshirishlari mumkin. Sababi Android uchun mo‘ljallangan ko‘plab ochiq kodli dasturlar mavjud.

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar uchun eng yaxshi 11 ta tekin VPN ilovasi

Quyida mana shunday ilovalarning 10 ta eng yaxshisi bilan tanishamiz.

1. Firefox
2. FreeOTP Authenticator
3. Lawnchair Launcher
4. Nextcloud
5. Open Camera
6. OsmAnd
7. Phonograph
8. QKSMS
9. Simple Mobile Tools
10. VLC

1. Firefox Browser

Narxi: tekin

Firefox hozirda mavjud eng ommabop ochiq kodli loyihalardan biri hisoblanadi. Ommabop brauzerning desktop talqini ham bor, albatta. Brauzer barcha asosiy funksiyalar, jumladan, platformalararo sinxronlash, maxfiy rejim, qo‘shimcha kengaytmalar, xatcho‘plar va shu.k. ga ega. 2018 yilda Firefox tubdan isloh qilinib, samaraliroq va tezkor brauzing amaliyotini taqdim eta boshladi.

Yuklash

2. FreeOTP Authenticator

Narxi: tekin

FreeOTP ikki bosqichli autentifikatsiya ilovasi hisoblanadi. Dastur xuddi Google Authenticator yoki Microsoft Authenticator kabi ishlaydi. Ilova TOTP va HOTO protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi va mazkur protokollarni qo‘llab-quvvatlovchi barcha veb-saytlarda ishlay oladi. Ilova tekin va ochiq kodli bo‘lib, Linux distributivi Red Hat tomonidan nazorat qilib boriladi. Dastur bir necha yildan beri yangilanmagan, lekin ochiq kodda bir necha oy oldingi faoliyatlar qaydi ko‘rinib turadi. Demak, dastur yaqinda yangilanishi mumkin. Shuningdek, ochiq kodli boshqa bir autentifikator ilova — andOTP ilovasi ham mavjud.

Yuklash

3. Lawnchair Launcher 2

Narxi: tekin

Lawnchair Launcher 2 ro‘yxatdagi nisbatan yangi ilovalardan. Mazkur ilova sof Android mavzusiga ega launcher hisoblanadi. Dastur Pixel Launcher'ga juda o‘xshash, lekin funksiyalari ko‘proq. Ular qatoriga Google Now integratsiyasi, ikonkalar paketi qo‘llab-quvvatlanishi, turli ikonka o‘lchamlari, blur rejimi va boshqa qo‘shimcha sozlamalar kiradi. Ilova hozirda beta bosqichida. Shunday bo‘lsa-da, uni hech ikkilanmasdan barcha Android foydalanuvchilariga tavsiya qilish mumkin. Dastur tekin, ochiq kodli va ko‘p funksiyali. Minimal launcherlarni xushlovchilar uchun mazkur ilova ayni mos keladi.

Yuklash

4. Nextcloud

Narxi: tekin/pullik

Nextcloud — maxfiy, ochiq kodga ega bulutli xotira ilovasi. Dastur juda yaxshi ishlaydi. Kompyuteringizni serverga aylantirib, smartfoningizga ulab qo‘yasiz. Shunday qilib, kompyuterdan bulutli xotira sifatida foydalanasiz. Yoki biror kompaniya serveridan foydalansangiz ham bo‘ladi; bu pullik. Fayllar, fotolar, hujjatlar va h.k. larni sinxronlash mumkin. Ilova interfeysi sodda, bir necha akkauntdan foydalanish mumkin, foto va videolarni avtomatik serverga yuklash va fayllarni ulashish imkoni mavjud. Ilova Google Drive'chalik kuchli bo‘lmasa ham, anchayin ishonchli.

Yuklash

5. Open Camera

Narxi: tekin/1.99 dollar

Open Camera ochiq kodli kamera ilovasi hisoblanadi. Dastur o‘zining funksionalligi bilan asosiy telefoningizdagi kamera ilovasini to‘ldirib turadi yoki uning o‘rnini ham bosa oladi. Ilova funksiyalari qatoriga to‘liq ruchnoy sozlamalar, moslashtirsa bo‘ladigan tezkor tugmalar, HDR va vidjet kabilar kiradi. Open Camera'dan foydalanish tekin, lekin xohlasangiz 1.99 dollar xayriya qilsangiz bo‘ladi.

Yuklash

O‘QING: Android uchun eng yaxshi 15 ta fitnes ilova

6. OsmAnd va AddressToGPS

Narxi: tekin/7,49 dollargacha

OsmAnd ochiq kodli navigatsiya ilovasidir. Xaritalar uchun OpenStreetMap kartalaridan foydalaniladi. Bu esa xizmat butunlay bepul deganidir. AddressToGPS esa F-Droid do‘konidagi ilova hisoblanadi. Mazkur ilova Google Xaritalar ma’lumotlarini olib, ularni OsmAnd'ga uzatadi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida ham OpenStreetMap'dan, ham Google Xaritalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Yuklash

7. Phonograph

Narxi: tekin/3,79 dollar

Phonograph barmoq bilan sanarli ochiq kodli musiqiy ilovadir. Dastur turli mavzular, last.fm bilan integratsiya, teglarni tahrirlash, pleylistlar, vidjetlar va h.k. kabi funksiyalarga ega. Shuttle nomli ochiq kodli ilova ham mavjud. Har ikki dastur yordamida musiqadan zavqlanish mumkin. Agar Google Play Pass'ni ishlatsangiz, ilovaning premium versiyasidan bepul foydalansangiz bo‘ladi.

Yuklash

8. QKSMS

Narxi: tekin/9,99 dollargacha

QKSMS ham ochiq kodli kamyob SMS ilovalardan biri. Dastur barcha standart funksiyalar, jumladan, shaxsiy sozlamalar, MMS, maxfiylik funksiyalari, Wear OS (Android Wear) qo‘llab-quvvatlanishi, TalkBack va AMOLED ekranlar uchun qora rejim. Bundan tashqari, har bir kontakt uchun alohida tema tanlash ham mumkin.

Yuklash

9. Simple Mobile Tools (bir necha ilova)

Narxi: har biri 0.99 dollar

Google Play'da Simple Mobile Tools nomli dasturchi bor. Mazkur katalogda bir necha ochiq kodli ilovalar, jumladan, kalendar, galereya, rasm chizish ilovasi, kontaktlar ilovasi, qaydlar ilovasi, musiqiy pleyer, kamera, soat, fonar va h.k lar bor. Ilovalarning barchasi oflayn ishlaydi.

Yuklash

10. VLC

Narxi: tekin

VLC istalgan platformadagi eng ommabop media pleyeri hisoblanadi. Ochiq kodli bo‘lishi bilan birga ilova ko‘plab noodatiy media formatlari, masalan, DVD ISO, jonli efir havolalari va qator audio kodeklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ilovada barcha asosiy funksiyalar bor.

Yuklash

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!